Karmon AI – 4 oyda grant, akselerator va 600 foydalanuvchi
2025-05-21 10:39
Karmon AI — bu shaxsiy moliyalarni boshqarish uchun yaratilgan aqlli ilova.
Daromadingni, xarajatingni, qarzlaringni va maqsadlaringni bir joyda kuzatishga yordam beradi.
Asoschi va missiya
Startap asoschisi — Khabibullokh Khallokov.
Ilova 2024-yil 12-dekabrda ishga tushirilgan.
Maqsad — foydalanuvchilarga shaxsiy moliyaviy tartib o‘rnatish, xarajatlarini nazorat qilish va mablag‘larini oqilona boshqarishga yordam berish.
Missiya - zamonaviy texnologiyalar orqali odamlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, byudjet yaratish va moliyaviy barqarorlikka erishishda ularni qo‘llab quvvatlash.
Muammo nimada edi?
•Ko‘pchilik odamlar o‘z daromad va xarajatlarini nazorat qilishda qiyinchilikka duch keladi.
• Byudjetni yuritishning murakkabligi sababli ko‘pchilik keraksiz xarajatlarni kamaytira olmaydi.
• Qarz va o‘zaro pul munosabatlarini tartibga solish uchun ishonchli va hujjatlashtirilgan tizim yo‘q.
Taklif qilingan yechim:
Karmon AI foydalanuvchilarga shaxsiy moliyalarni to‘liq nazorat qilish imkonini beradi:
• Daromad va xarajatlarni avtomatik kuzatish: Bank kartalari bilan integratsiya va cheklarni skanerlash funksiyasi orqali xarajatlarni avtomatik kiritish.
• Byudjet tuzish va moliyaviy maqsadlar: Xarajatlarni kategoriyalarga ajratish va cheklovlar o‘rnatish orqali byudjetni samarali yuritish.
• Qarzlarni boshqarish tizimi: Do‘stlar va oila a’zolari bilan moliyaviy qarzlarni rasmiylashtirish va o‘z vaqtida to‘lovni eslatish funksiyasi.
Raqobatchilardan farqi nimada?
✅ Mahalliy bozorga moslashtirilgan va O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun maxsus ishlab chiqilgan
✅ Cheklarni skanerlash va AI yordamida xarajatlarni avtomatik kiritish imkoniyati (Karmon Eye)
✅ Rasmiy qarz hujjatlarini yaratish va to‘lov eslatmalarini jo‘natish funksiyasi
✅ Moliyaviy maslahatlar va shaxsiylashtirilgan tavsiyalarni beruvchi AI chatbot
O‘sish va rivojlanish
✅ 12000$ grant yutib olindi - Mahsulotimiz uchun moliyaviy yordam ta’minlandi.
✅ Plug and Play tomonidan qabul qilindik - Dunyoning yetakchi innovatsion platformalaridan biri bizni o‘z dasturiga qabul qildi.
✅ Swift Launch accelerator dasturini muvaffaqiyatli yakunladik - Startapni rivojlantirish va o‘sish strategiyalarini shakllantirdik.
✅ Startup Garage Venture Studio rezidenti bo‘ldik - Katta tajribaga ega investorlar va tadbirkorlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldik.
✅ 600 foydalanuvchi platformaga ro‘yxatdan o‘tgan va rasmiy ishga tushirilishini kutmoqda - Bu Karmon AI’ga bo‘lgan ishonch va talabning ortib borayotganidan dalolat.
Atigi 4 oy ichida katta natijalarga erishdik va yanada kengayish yo‘lida oldinga qadam tashlamoqdamiz!
Qanday pul ishlaydi?
Karmon AI obuna modeli asosida ishlaydi:
– Yillik obuna – $30
– Oylik obuna – $3
– Rejada: 5,000 faol foydalanuvchi
Kelajakda — bu ilova shaxsiy moliyaviy ekotizimga aylanadi.
Nima uchun Karmon muvaffaqiyatga erishmoqda?
✅ Bozorda mavjud bo‘lgan muammolarni innovatsion texnologiyalar bilan hal qiladi
✅ O‘zbekiston va MDH mamlakatlariga moslashtirilgan moliyaviy xizmatlar taklif etadi
✅ AI yordamida foydalanuvchilarga shaxsiylashtirilgan moliyaviy maslahatlar beradi
✅ Raqobatchilarga nisbatan arzon va qulay xizmatlarni taklif qiladi