7 oyda 500 ming foydalanuvchi va 100 ming dollar – OYGULning hikoyasi
2025-05-20 14:25
Odamlarni xursand qilish har doim oson emas. Ayniqsa, gul va sovg‘a topish, yetkazib berish masalasi ko‘pchilik uchun bosh og‘rig‘i edi. Aynan shu muammoni hal qilish uchun OYGUL paydo bo‘ldi.
Bu oddiy yetkazib berish ilovasi emas. Bu — hayotingizga quvonch olib kiradigan, sovg‘a berishni osonlashtiradigan platforma.
Ular kim?
OYGUL’ni 2024-yilda uchta do‘st — Asilbek Akbarov, Nurislombek Maxkamjonxojizoda va Kasimov Temur ishga tushirdi. Ularning maqsadi aniq edi:
Yaqinlaringizni xursand qilishni oson va qulay qilish.
Muammo nimada edi?
2024-yilda O‘zbekistonda odamlar yaqinlariga sovg‘a topish va yetkazish jarayoniga deyarli ikki kun vaqt sarflashardi. Bunga uzoq do‘kon qidirish, sekin javob beruvchi operatorlar va past sifatli yetkazib berish xizmati sabab bo‘lar edi. Shu bilan birga, onlayn to‘lovda firibgarlik xavfi yoki sifatsiz savdo nuqtalari bo‘lishi mijozlarni qo‘rqitib, real sotib olishga to‘sqinlik qilar edi.
Sotuvchilar uchun ham oson emas edi. Reklama qilish qimmat, mijoz bilan ishlash qiyin, yetkazib berishni o‘zlari qilishga majbur edilar.
OYGUL qanday yechim taklif qildi?
OYGUL barcha yuqori sifatli savdo rastalarini yagona platformaga birlashtirdi. Mijozlar taklif etilayotgan har bir guldasta yoki sovg‘a oldindan tekshirilganidan xabardor bo‘lib, jo‘natishdan avval gulning jonli suratini olishadi. Operator bilan uzoq gaplashish shart emas – tezkor onlayn buyurtma va sifatli yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan. Savdogarlar esa kam vaqt ichida keng auditoriyaga chiqish imkoniga ega bo‘lib, har bir mijoz bilan alohida ishlash zaruriyati kamayadi.
Raqobatchilardan asosiy farq
Har bir buket jo‘natilishidan oldin jonli rasm yuboriladi
Har 3 oyda do‘konlar tekshiriladi
Malakali kuryerlar: Yetkazib berish xizmati tezkor, puxta o‘qitilgan xodimlar tomonidan bajariladi.
Chat orqali do‘kon bilan bevosita muloqot
AI yordamida guldasta tarkibini aniqlash va tavsiya berish
Daromad o‘sishi
2024-yil Sentyabr: OYGUL daromadi 100 dollar atrofida edi. 2025-yil Mart: Daromad 10 ming dollardan oshdi. 🏆 Kompaniya erishgan yutuqlar 2024-yil Noyabr: “U-Enter Central Asia” mukofoti 2024-yil Dekabr: “President Tech Award” mukofoti
Texnologiyalar haqida qisqacha
Do‘kon bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘laydigan chat funksiyasi Guldastaning tarkibini aniqlovchi sun’iy intellekt Avtomatlashtirilgan tilmoch (3 tilda tarjima) Ma’lumotlarga asoslangan tavsiyalar algoritmi Click orqali xavfsiz to‘lov tizimi Foydalanuvchilarga qulay soddalashtirilgan UX/UI dizayn
Startapning o‘sish dinamikasi
Bir necha o‘n nafar foydalanuvchidan boshlab, 7 oy ichida 500 mingdan ortiq Toshkentliklar OYGUL platformasidan foydalandi. Daromad ishga tushirilgandan keyingi dastlabki 7 oy ichida 100 barobarga oshdi. Platformada hozirda 50 dan ortiq savdogarlar tomonidan taqdim etilayotgan 6000 dan ortiq gullar va sovg‘alar mavjud.
Nimalarni o‘rgandilar?
CustDev muhimligi: OYGUL 50 dan ortiq gul do‘konlari bilan suhbatlashib, 200 dan ziyod ayollar o‘rtasida so‘rov o‘tkazgan. MVP uchun katta mablag‘ sarflash shart emas: Dastlabki versiyani ishlab chiqish uchun 100 dollar kifoya bo‘lgan. Ajoyib jamoa – muvaffaqiyat kaliti: OYGUL jamoasi 8 oy davomida maoshsiz ishlagan holda o‘z g‘oyasiga ishonchni saqlab qoldi. Startapni doim targ‘ib qilish: Yangi hamkorlar va o‘sish imkoniyatlarini qidirishdan to‘xtamaslik.
Kelajak rejalari qanday?
MENA mintaqasiga chiqish — Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaga kirish
OYGUL Studio — tayyor buketlar ishlab chiqarish, 1 soat ichida yetkazib berish va yangi floristlar uchun oson imkoniyat yaratish
Startapchilarga maslahat
Asosiy muammolarni aniq belgilab, ularga mos yechim taklif qilish. Ishni minimum viable product (MVP) bilan boshlash va real foydalanuvchilardan fikr olish. Bozorni o‘rganish va potentsial mijozlar bilan suhbatlashish – muvaffaqiyatga eltuvchi eng qisqa yo‘l. Investorlar va hamkorlar bilan hamkorlikda samarali marketing strategiyasini tanlash.