Asoschilar va loyiha haqida
TPM — bu turar joy binolari uchun yaratilgan zamonaviy raqamli boshqaruv tizimi.
Oddiy qilib aytganda, bu platforma orqali aholi va boshqaruv kompaniyalari barcha ishlarni onlayn hal qiladi.
Startapni 2024-yilda Xondamir Ergashev va Tolib Raxmonov boshlab bergan.
Maqsad – Turar joy binolaridagi boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirish orqali kechikishlar, noaniqliklar va qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirish.
Missiya – Aholi va boshqaruv kompaniyalari o‘rtasida yagona raqamli platforma yaratish orqali shaffof, samarali va qulay boshqaruv tizimini joriy etish.

Muammo va yechim
Asl muammo:
- Turar joy majmualarida yagona raqamli boshqaruv tizimining yo‘qligi va ko‘pgina amaliyotlar qog‘oz asosida olib borilishi.
- To‘lov tizimi qulay emasligi, kvartplata to‘lovlarining kechikishi va texnik xizmat so‘rovlari kechikishi.
- Axborot almashinuvi va hisobotlardagi noaniqliklar, shu jumladan ma’lumotlar chalkashligi ham muammolar sirasiga kiradi.
Taklif qilingan yechim
- TPM platformasi yordamida aholi uchun qulay mobil ilova va boshqaruv kompaniyalari uchun CRM tizimi ishlab chiqilgan.
- Platforma orqali to‘lovlar, texnik xizmat so‘rovlari, shikoyatlar va hisobotlar kabi kundalik operatsiyalarni avtomatlashtirish va onlayn tarzda boshqarish imkoniyati yaratiladi.
- Real vaqt monitoringi, elektron hisobotlar va avtomatlashtirilgan eslatmalar tizimi jarayonlar samaradorligini oshiradi va kechikishlarni kamaytiradi.
Raqobatchilardan asosiy farq
- TPM O‘zbekistonda yagona to‘liq integratsiyalashgan raqamli boshqaruv platformasi sifatida namoyon bo‘ladi.
- Mavjud raqobatchilar asosan qog‘ozga asoslangan yoki alohida xizmatlarni taklif etadi, TPM esa barcha jarayonlarni bitta tizimga jamlaydi.
- Aholi va boshqaruv kompaniyalari o‘rtasida bevosita muloqot va real vaqt monitoringi imkoniyati mavjudligi TPM ni ajralib turuvchi omili hisoblanadi.
Ishga tushirish jarayoni va rivojlanish
Bosqichlar:
2023-yil, Dekabr: SwiftLaunch akseleratoriga qabul qilindi.
2024-yil, Noyabr: Plug and Play akseleratoriga qabul qilindi.
2024-yil, Noyabr: “Startup Garage”ga Scholarship voucher orqali qabul qilindi.
2024-yil, Dekabr: TPM MVP (minimum viable product) yaratildi.
2025-yil, Fevral: Web Summit Qatar xalqaro ko’rgazmasida o‘z stendi bilan qatnashdi.
2025-yil, Mart: Dastlabki 2000 foydalanuvchiga erishdi

Texnologiyalar va metodologiyalar:
Bulutli platforma va mobil ilovalar texnologiyasi.
Avtomatlashtirilgan CRM tizimi va real vaqt monitoringi.
To‘lov tizimlari va eslatma algoritmlari yordamida kechikishlarni kamaytirish.
UX/UI dizayni foydalanuvchilar uchun soddalashtirilgan.

Reja va maqsadlar:
- Platformani yanada kengaytirish va qo‘shimcha funksiyalar qo‘shish orqali foydalanuvchi tajribasini yanada yaxshilash.
- Xavfsizlik va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, shuningdek, to‘lov tizimini yanada samaraliroq qilish.
- Markaziy Osiyo va xalqaro bozorlarga kirish, yangi hamkorliklar o‘rnatish hamda qo‘shimcha integratsiyalar (masalan, 1C, IoT) joriy etish.
- Yangi raqamli yechimlar va jamoat xizmatlari doirasini kengaytirish orqali platformaning bozor ulushini oshirish.
Xulosa va asosiy saboqlar:
Nimalar o‘rganildi?
Yangi biznes boshlashda haqiqiy muammolarni hal qilish muhim.
Oddiy MVP bilan boshlash va mijozlardan fikr-mulohaza olish biznes o‘sishiga yordam beradi.
To‘g‘ri investorlar va hamkorlar startapni tezroq rivojlantiradi.

Startapning asosiy muvaffaqiyat omillari
Innovatsion raqamli platforma va integratsiyalashgan boshqaruv tizimi.
Avtomatlashtirilgan va shaffof jarayonlar, foydalanuvchi ehtiyojlariga moslashtirilgan interfeys.
Texnologik yechimlar, kengayish strategiyasi va muvaffaqiyatli hamkorliklar.

Yangi startaplar uchun tavsiyalar
Asosiy muammolarni aniq belgilash va ularga mos yechim taklif qilish.
Startap boshlashda minimum viable product (MVP) yaratish va sinovdan o‘tkazish.
Investorlar bilan samarali hamkorlik qilish va to‘g‘ri marketing strategiyasini tanlash.