Portfel kompaniyalarimizdan biri Alipos platformasi AloqaVentures'dan $80,000 investitsiya jalb qildi.
Startup Garage Alipos’ga investorlar bilan aloqa o‘rnatish va ushbu sarmoyani jalb qilish yo‘lidagi har bir bosqichda yordam berdi.
AliPos platformasi 2023-yilda Muhammad Ali Akbarov, Komil Hamidov va Jonibek Miralimovlar tomonidan asos solingan. Bugunga kelib, AliPos 830 dan ortiq korxonaning ishonchli sherigiga aylandi.
🗂 Platformadagi asosiy funksiyalar:
- Hisob va kassa nazorati
- Ombor boshqaruvi
- Foydalanuvchi statistikasi va LTV
- Moliyaviy tahlil va hisobotlar
- Oflayn rejimda ishlash imkoniyati
- 24/7 texnik yordam
- O‘rnatish va o‘rgatishda maksimal moslashuvchanlik
⚡️ Bu investitsiya bilan AliPos Markaziy Osiyo va MDH bozorlariga kirish, keyinchalik esa Yevropa va AQSh'ga kengayishni rejalashtirgan.
Startup Garage bilan g'oyangizni haqiqatga aylantiring!