Yangiliklar

Startup Garage Demo Day: $95,000 soft commitment olindi

Startup Garage GRAND DEMO DAY: 9 ta startap sahnaga chiqdi, $95,000 soft commitment bildirildi

Startup Garage GRAND DEMO DAY muvaffaqiyatli yakunlandi.

Bir necha oy davomida mahsulotlarini rivojlantirgan, mijozlar bilan ishlagan va investorlar uchun tayyorgarlik ko‘rgan startaplar bugun o‘z loyihalarini investorlar, ekspertlar va ekotizim vakillari oldida taqdim etdi.

Demo Day dasturining asosiy maqsadi istiqbolli startaplarni investitsiya hamjamiyati bilan bog‘lash, ularning rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratish va O‘zbekiston startup ekotizimini kuchaytirishdan iborat edi.

Demo Day ishtirokchilari:
  • Safora
  • Advista
  • Norva
  • Neuroxise
  • Geoearn
  • WakeBit
  • Edubaza
  • Rentzor
  • Savat
Demo Day'da Umidjon Ishmuhammedov, SQB Ventures, AloqaVentures, Yoshlar Ventures, UzVC, United Ventures, Imkon Ventures, Hayot Ventures va Domino Ventures vakillari startaplarni baholashdi.
Investorlar e’tiborini tortgan loyihalar
Pitch sessiyalari yakunlariga ko‘ra, bir nechta startaplar investorlarning dastlabki qiziqishiga erishdi va soft commitment oldi.

Safora — $50,000
Safora investorlar tomonidan eng yuqori qiziqish bildirgan startaplardan biri bo‘ldi va Yoshlar Ventures'dan $30,000 va AloqaVentures'dan $20,000 miqdorida soft commitment oldi.

Savat — $25,000
Savat o‘zining bozor imkoniyatlari va rivojlanish strategiyasi bilan investorlar e’tiborini jalb qilib, Imkon Ventures'dan $25,000 soft commitment oldi.

Rentzor — $20,000
P2P ijara bozorini raqamlashtirishga qaratilgan Rentzor loyihasi AloqaVentures'dan $20,000 soft commitment oldi.

Demo Day yakunlariga ko‘ra:
✅ 9 ta startap investorlar oldida pitch qildi
✅ $95,000 miqdorida soft commitment bildirildi
✅ Founderlar investorlar va ekspertlar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi
✅ Yangi hamkorlik va investitsiya muzokaralariga zamin yaratildi

Startup Garage uchun bu Demo Day navbatdagi tadbir emas, balki yangi kompaniyalar, yangi imkoniyatlar va yangi muvaffaqiyat hikoyalarining boshlanish nuqtasidir.

Startup ekotizimini rivojlantirish yo‘lida biz founderlar, investorlar va hamkorlarni birlashtirishda davom etamiz.

Hamkorlar: School 21, Belissimo Pizza, Asaxiy.uz, Hambi.
Media Hamkor: Pivot.uz
2026-06-25 17:31 Yangiliklar