Maxfiylik siyosati

Ushbu Maxfiylik siyosati Siz xizmatimizdan foydalanayotganingizda maʼlumotlaringizni toʻplash, foydalanish va oshkor qilish boʻyicha siyosatimiz hamda protseduralarimizni tavsiflaydi va Sizning maxfiylik huquqlaringiz hamda qonun qanday himoya qilishini tushuntiradi.

Xizmatlarimizni https://startupgarage.uz va unga aloqador subdomenlar orqali taklif qilamiz.

Shaxsiy maʼlumotlar

Foydalanuvchilar saytimizda roʻyxatdan oʻtganda va boshqa resurslarimizdan foydalanganda ularning shaxsiy maʼlumotlarini yigʻishimiz mumkin. Shaxsiy maʼlumotlar foydalanuvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda taqdim etilgan taqdirdagina yigʻiladi.

Qoʻshimcha maʼlumotlar

Foydalanuvchi tajribasini yaxshilash maqsadida qoʻshimcha maʼlumotlarni avtomatik tarzda yigʻishimiz va saqlashimiz mumkin. Bunday maʼlumotlarga IP manzili, operatsion tizim, geolokatsiya maʼlumotlari, mahalliy parametrlar, kompyuter va mobil qurilmalar bilan bogʻliq identifikatsiya raqamlari, mobil aloqa operatoringiz, tranzaksiyalar bilan bogʻliq sana va vaqt kabilar kirishi mumkin.

Yigʻilgan maʼlumotlardan qanday foydalanamiz

Kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini quyidagi maqsadlarda toʻplashi va foydalanishi mumkin:
  • Mijozlarga xizmat koʻrsatishni yaxshilash
  • Siz taqdim etgan maʼlumotlar mijozlarga xizmat koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlash ehtiyojlariga samaraliroq javob berishda yordam beradi.
  • SMS xabarlarni yuborish
  • Biz foydalanuvchilarning telefon raqamlariga kurslar yoki xizmatlar haqida SMS xabarlarni yuborish uchun foydalanishimiz mumkin.
  • Foydalanuvchilarning telefon raqamlari, shuningdek, ularning savollari, takliflari va boshqa soʻrovlariga javob berish uchun ham foydalanilishi mumkin.
Remarketing

Biz Google Analytics, Yandex Metrica, Facebook Pixel kabi uchinchi tomon xizmatlaridan foydalangan holda remarketing (qayta marketing qilish) bilan shugʻullanishimiz mumkin.

Maʼlumotlar uchinchi tomon bilan ulashilmaydi

Biz foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini uchinchi tomonlar bilan boʻlishmaymiz. Barcha maʼlumotlarga faqat administratorlarning kirish huquqi mavjud.

Maʼlumotlarni oʻchirish

Foydalanuvchilar oʻz shaxsiy maʼlumotlarini oʻchirishni xohlasalar, info@startupgarage.uz orqali murojaat qilishlari mumkin.

Maxfiylik siyosatini yangilash

Biz ushbu Maxfiylik siyosatini vaqti-vaqti bilan yangilashimiz mumkin. Katta oʻzgarish yuz berganda barcha foydalanuvchilarga SMS yoki sayt orqali xabar beriladi.

Maxfiylik siyosatiga rozilik

Saytimizga kirishingiz va roʻyxatdan oʻtishingiz bilan Siz ushbu Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirgan hisoblanasiz.

Oxirgi yangilanish: 04.04.2025
Manzil
Resurslar
Ekosistema
Havolalar
Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tumani, Oq terak ko’chasi, 13-uy.
Copyright © 2025 Startup Garage. All rights reserved
Telefon raqam:
Media
Portfolio
Blog
Case Studies
Maxfiylik siyosati
Tashkent - Doha - Casablanca