Ayollar uchun yangi imkoniyat, SG Women orqali startap olamiga qadam qo‘ying.
SG Women — Ayol startaperlar jamiyati
Ayollar uchun ilhom, bilim va qo‘llab-quvvatlash platformasi
SG Women - bu Startup Garage tomonidan ayol asoschilarni startap yo‘lining har bir bosqichida ilhomlantirish, bilim berish va qo’llab-quvvatlash uchun tashkil qilingan tashabbus.
SG Women haqida
Bu yerda hech kim sening tajribang yoki savoling ustidan kulmaydi. Har bir a’zo qadrlanadi, eshitiladi va qo‘llab-quvvatlanadi.

O‘zini erkin his qiladigan hamjamiyat

Shunchaki ilhom emas — bizda real harakat bor. Startupni noldan boshlab, uni hayotga tatbiq etishda amaliy yordam olasan.

G‘oyadan amaliyotgacha

Biz o‘zbek ayollarining ovozini eshittirishni xohlaymiz — nafaqat shu yerda, balki butun dunyoda.

Mahalliy ildiz, global imkoniyat

Bu yerda sening yo‘lingni tushunadigan, o‘xshash orzulari bor ayollar bor. Birga o‘rganamiz, birga oldinga yuramiz.

Yolg‘iz emassan

Ayollar uchun startap makoni

Yangi g‘oya bormi? Uni qanday boshlashni bilmaysanmi? Biz aynan shunday ayollarni qo‘llab-quvvatlaymiz — fikringni kuchli biznesga aylantirishda yoningdamiz.

Bizning mahorat darslarimizda faqat nazariya emas — o‘z yo‘lini topgan ayollar o‘z tajribasi bilan bo‘lishadi.

Tajriba bilan bo‘lishadigan ustozlar

Aziza Shokambarova
Aziza Sharipova

Maftunaxon Maxkamova

Tashabbus yetakchilari
Jamoa
SG Women loyiha boshqaruvchisi.
Startup Garage QA manageri.
Mohirdev UsSotuv bo’limi xodimi.

SG Women hamjamiyati hamkori.
laCafe startapida Product Manager.
Startup Choyxona loyihasida boshqaruvchi. PizzaPitch loyihasida tashkilotchi.



SG Women hamjamiyati rahbari .
Maytab startapida hamta’sischi va Product Manager. AIsha AI startupida sobiq Project Manager.
Bizning takliflarimiz
Tajriba almashish, bilim olish va kuchli hamkorliklar uchun ideal muhit. Ilk qadamlardan moliyaviy ko‘makkacha — har bir bosqichda yoningdamiz.
Soha mutaxassislari bilan ishlash imkoniyati. Startap, biznes yoki texnologiyalar bo‘yicha shaxsiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatiladi.

Mentorlik dasturlari
G‘oyani ishlaydigan mahsulotga aylantirishda strategik yordam. Sarmoya jalb qilish uchun tayyorgarlik.
MVP va moliyaviy yordam

Maqsadga ega insonlar bilan tanishish, hamkor topish, yangi imkoniyatlarga yo‘l ochish.

Netvorking tadbirlari
Amaliy mashg‘ulotlar orqali yangi ko‘nikmalar. Ekspertlar bilan ishlash va real tajriba orttirish.

Vorkshop va masterklasslar
Hamkorlarimiz
Tayyormisiz? Ayol asoschilarni biz bilan birgalikda qo’llab-quvvatlang

SG – ayollar startaplari uchun kuchli boshlanish.
Menu